» » DXX O‘zbekiston hududidagi ikki teraktning oldini olgani ma’lum qilindi

DXX O‘zbekiston hududidagi ikki teraktning oldini olgani ma’lum qilindi


O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan 2018 va 2019-yillarda xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda to‘qqizta terrorchilik harakatining oldi olingan. Bu haqda DXX vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilishlaricha, oldi olingan teraktlardan ikkitasi O‘zbekistonda, yettitasi MDH mamlakatlari hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan. Ushbu holatlar aynan qachon, qayerlarda aniqlanganiga aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, DXX tomonidan 625 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar musodara qilingan, 500 dan ortiq korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yilgan. O‘zbekiston hududidan noqonuniy olib o‘tilgan qariyb 97,7 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklar musodara qilingan.

Ma’lumot uchun, 5-aprel O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kuni sifatida nishonlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют