» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 551 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 551 kishiga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 20 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Inform byuro” xabar berdi.

“Koronavirus bilan kasallanganlar Jambil viloyatida — 17 nafar, Shimoliy Qozog‘iston viloyatida — 1, Turkiston viloyatida esa — 2 nafarni tashkil qiladi”, — deyiladi xabarda.

5-aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 551 kishini tashkil etmoqda:

Bemorlarning 36 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirga qadar Qozog‘istonda koronavirus oqibatida besh kishi vafot etgan. 26-mart kuni Nur-Sultonda 64 yoshli ayol, 31-mart kuni 50 yoshli erkak, 1-aprel kuni Qarag‘andada 62 yoshli erkak. 4-aprel kuni Turkiston va Oqmo‘la viloyatlarida ikki kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 266 nafarga yetdi. Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 25 nafar bemor sog‘aydi, ikki nafari esa kasallikdan vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют