» » Neymar “Barselona”ga, Grizmann esa PSJga yo‘l olishi mumkin

Neymar “Barselona”ga, Grizmann esa PSJga yo‘l olishi mumkin


PSJ klubi hujumchi Neymarni “Barselona”ga sotib yuborishi mumkin.

Diario Sport nashrining xabar qilishicha, parijliklar Neymarni yozda sotib yuborish haqida o‘ylamoqda. Shu bilan bir qatorda PSJ mazkur kelishuvga “Barselona” hujumchisi Antuan Grizmanning qo‘shilishini istayapti.

Neymarni ketkazish orqali Parij klubi Kilian Mbappeni dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylantiradi. Shu orqali PSJ fransiyalik iqtidor egasini jamoa saqlab qolish istagida.

Avvalroq “Barselona” Grizmanni sotib yuborishga tayyor ekani xabar qilingandi. Shu orqali katalon klubi Neymarni ortga qaytarmoqchi va “Inter” markaziy hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olmoqchi.

Neymar 2017-yilning yozida 222 million yevro evaziga “Barselona”dan PSJga yo‘l olgandi. O‘tgan yozda braziliyalik futbolchi sobiq jamoasiga qaytishga urinib ko‘rdi, biroq tomonlar kelishuvga erisha olmagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют