» » O‘zbekistonda 27 mingdan ortiq kishi karantin qoidalarini buzgani aniqlandi

O‘zbekistonda 27 mingdan ortiq kishi karantin qoidalarini buzgani aniqlandi


O‘zbekistonda koronavirus karantini e’lon qilingan 16-martdan buyon bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 27 486 ta holat aniqlandi.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, eng ko‘p — 4 641 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 2 979 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

“Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash doirasida Toshkent shahri va bir qator shaharlarga transportning kirish-chiqishi cheklandi, viloyatlararo transport harakati to‘xtatildi. Bundan tashqari, shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi, fuqarolarga zaruratsiz uydan chiqmaslik tavsiya etildi.

Shuningdek, 6-aprel soat 06:00 dan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida mototransport (skitersiz) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanishi e’lon qilindi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют