» » O‘rta Osiyoda birinchi marta O‘zbekistonda sun’iy nafas oldirish apparatlari ishlab chiqariladi

O‘rta Osiyoda birinchi marta O‘zbekistonda sun’iy nafas oldirish apparatlari ishlab chiqariladi


Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Slovakiyaning Chirana kompaniyasi va rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda sun’iy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnologiyalar transferi amalga oshirilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish hamda transfer qilish boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Boboxonovning aytishicha, sun’iy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarish joriy yilning may oyida boshlanadi. Toshkentning Bektemir tumanida ishlab chiqarish uchastkasi qurilishini yakunlash esa joriy yilning sentabr oyiga qadar rejalashtirilmoqda va zavod ishga tushiriladi.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning birinchi bosqichida 3 million dollar miqdorida investitsiya kiritish va 30 ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichida esa 6 million dollargacha investitsiyalar va 100 tagacha ish o‘rinlari ochilishi kutilmoqda.

“Sun’iy nafas oldirish apparatlari hozirda jahonning 12 mamlakatida ishlab chiqariladi. Chirana brendi dunyoda eng mashhur oltita brenddan biri sanaladi. Apparatlarimiz boshqa kompaniya modellaridan farqli ravishda bir bosqichli emas, uch bosqichli ventilyatsiyani amalga oshiradi. Bunday apparatlar ishlab chiqaruvchi zavodning O‘zbekistonda barpo etilishi davlatning tibbiy xavfsizligini ta’minlaydi”, – deydi Chirana+ kompaniyasining bosh direktori Vasiliy Shimko.

Qayd etilishicha, koronavirus tufayli mamlakatdagi mavjud vaziyat va bemorlar uchun Isun’iy nafas oldirish apparatlari va shaxsiy himoya vositalari uchun sarflanadigan ehtiyojni hisobga olgan holda mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonga 1 000 dona nafas olish konturlari, 500 dona namlik kollektor bilan nafas olish konturlari va 1 000 dona bir martali bakterial-virusli filtrlarni beg‘araz foydalanish uchun topshiriladi.

Hozirda shu ishlarni amalga oshirish maqsadida Chirana Asia Slovakiya—Rossiya—O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, kompaniya “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” (Made in Uzbekistan) yorlig‘i ostida mamlakatda yagona yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Bunday ishlab chiqarish O‘rta Osiyoda birinchi marta amalga oshiriladi, bu esa tibbiyot sanoatida import o‘rnini bosish jarayonini jadallashtiradi.

Bundan tashqari, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va xizmat ko‘rsatish markazi yaratilib, sun’iy nafas oldirish apparatlari va NDA (narkoz-nafas olish apparati) qurilmalari uchun noyob, mobil va zamonaviy servis xizmati tashkil etiladi. Anesteziologiya sohasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislar taklif qilingan holda sun’iy nafas oldirish apparatlari va NDA qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, shuningdek, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonda sotish rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli hozirda butun dunyoda sun’iy nafas oldirish apparatlarining taqchilligi kuzatilmoqda.

Mavzuga doir: Nyu-York Xitoydan buyurtma qilgan 17 ming sun’iy nafas oldirish apparatlarini boshqa shtatlar “ilib ketdi”

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 298 nafarga yetdi. Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 25 nafar bemor sog‘aydi, ikki nafari esa kasallikdan vafot etdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют