» » Farg‘onada karantin qoidasini buzib tunda niqobsiz, velosipedda yurgan mast fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Farg‘onada karantin qoidasini buzib tunda niqobsiz, velosipedda yurgan mast fuqaro 15 sutkaga qamaldi


Farg‘ona viloyatida karantin qoidalariga rioya qilmasdan tungi vaqtda niqobsiz, mast holda velosiped haydab yurgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

Farg‘ona shahar ma’muriy sudi sudyasi Solijon Qurbonovning qayd etishicha, 1-aprel kuni soat taxminan 22:30 larda Farg‘ona ko‘chasida fuqaro B.Yu. karantin qoidalariga rioya qilmasdan niqobsiz, velosiped haydab yurgan. Farg‘ona shahar IIO FMB 2-son profilaktika inspektori uni to‘xtatib, karantin vaqtida nima sababdan jamoat joyida niqobsiz va mast holda velosiped boshqarib ketayotganini so‘ragan. B.Yu. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, sababsiz baqir-chaqir qilib, profilaktika inspektorini haqorat qilib, fuqarolarning osoyishtaligini buzgan.

Fuqaro xatti-harakati joriy yil 2-aprel kuni Farg‘ona shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. B.Yu. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi, 138-moddasi 5-qismi (Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi), 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan aybli deb topilib, 15 sutkaga qamaldi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют