» » UFC prezidenti sudga berildi

UFC prezidenti sudga berildi


UFC prezidenti Deyna Uayt jinsiy zo‘ravonlik va tovlamachilikda ayblanib sudga berildi.

Las Vegas Review-Journal nashrining xabar qilishicha, ko‘chmas mulk agenti Ernesto Joshua Ramos Klark okrugi sudiga shikoyat qilgan. Arizada Uayt besh yil avvalgi ishni yopish maqsadida Ramosga va’da bergan 450 ming dollarni to‘lamaganligi ko‘rsatilgan.

Ta’kidlanishicha, 2014-yilda Ramos Uayt va raqqosa qiz o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar tasvirlangan videoni tarqatib yubormaslik uchun Deynadan 200 ming dollar so‘ragan. 2015-yilda Ramos Federal byuro xodimlari tomonidan hibsga olinadi va bir yil qamoqda o‘tiradi.

Shu bilan birga, Uayt ish yopilganidan keyin mazkur masala ortiq yuzaga chiqmasligi uchun Ramosga 450 ming dollar va’da qilgani aytilmoqda. Biroq Ramos bu pullarni olmagan va shu sabab UFC prezidentini sudga bergan.

Uayt bu masalaga quyidagicha sharh berdi.

“Hozirgina meni sudga berishgani haqida eshitdim. Bu yigit besh yil avval mendan pul undirishga urinib, federal qamoqqa yo‘l olgandi. Endi o‘ziga o‘xshagan sudlangan jinoyatchini advokatlikka yollab, mendan yana pul undirmoqchi — 10 million dollar. O‘tgan safar u mendan pul ololmagandi va bu safar ham ololmaydi. Sud shikoyatni bekor qilishini intizorlik bilan kutyapman. Nihoyat bu ablahlardan butunlay qutulaman”, — deydi Uayt.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют