» » “Vatan tuyg‘usi” fanidan videodarsda o‘qituvchi O‘zbekistonni NATOga a’zo deb xatoga yo‘l qo‘ydi

“Vatan tuyg‘usi” fanidan videodarsda o‘qituvchi O‘zbekistonni NATOga a’zo deb xatoga yo‘l qo‘ydi


“Vatan tuyg‘usi” fanidan 5-sinf uchun tasvirga olingan videodarsda o‘qituvchi O‘zbekiston NATOga a’zo deb xatoga yo‘l qo‘ygani uchun uzr so‘radi.

XTV matbuot kotibining ma’lum qilishicha, o‘qituvchi “Mustaqillik – avvalo huquq demakdir” mavzusini tushuntirishda xatolikka yo‘l qo‘ygan. Unda O‘zbekiston mustaqilligi haqida gapirayotgan o‘qituvchi, mamlakatning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi haqida to‘xtalmoqchi bo‘lgan.

“O‘zbekiston NATOning a’zosi emas. Ammo mamlakatimiz mazkur tashkilot bilan uning bir necha dasturlari doirasida hamkorlik qilib keladi. Jumladan, “Tinchlik yo‘lida hamkorlik”, “Fan tinchlik va xavfsizlik yo‘lida” va boshqalar.

Darsni olib borgan o‘qituvchi bu xatolik uchun uzr so‘ragan holda keyingi videodarsda bu haqida qo‘shimcha ma’lumot beradi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, qayd etilishicha, vazirlik 4-aprel kuni televizion darslarni suratga olish loyihasiga muharrir va o‘qituvchilarni hamkorlikka chaqirdi. Bir necha soat ichida 250 dan ziyod mutaxassis hamkorlikka tayyorligini bildirgan. Keyingi haftadan tasvirga olinayotgan va efirga beriladigan darslar mazmunini qo‘shimcha nazorat qilish uchun ular orasidan mutaxassislar jalb etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 16-martdan koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha ta’lum muasaasalari karantinga yopilgan edi. Shu sababli maktab o‘quvchilarining ta’til paytida bilim olishi uchun videodars mashg‘ulotlarini tayyorlash va uni tasvirga olish bo‘yicha soha xodimlaridan iborat tashkiliy-ijodiy guruh tuzildi va 30-martdan boshlab televideniye orqali darslar berib borish boshlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют