» » Koronavirus sabab uy karantinida o‘tirish keksalar uchun xavfli ekanligi aytildi

Koronavirus sabab uy karantinida o‘tirish keksalar uchun xavfli ekanligi aytildi


Koronavirus tufayli izolyatsiya qilingan keksa odamlarning jismoniy holati keskin yomonlashishi mumkin, deb yozmoqda “RIA Novosti”. Bu haqda agentlikka isroillik shifokor Leonid Eydelman ma’lum qilgan.

Shifokor agar odam kamroq harakat qila boshlasa, u o‘tiradigan yoki faqat yotadigan kasalga aylanib qolishi mumkinligi va jismoniy holatini qayta tiklay olmasligidan ogohlantirgan. Bundan tashqari, ortiqcha ovqatlanish va stress surunkali kasalliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Uning fikricha, keksa odamlarning psixologik va jismoniy sog‘lig‘ini saqlash uchun odamlar ulardan jismoniy jihatdan uzoqlashishi, lekin ijtimoiy aloqalarini cheklab qo‘ymasligi kerak.

Leonid Eydelman barchani o‘zini izolyatsiya qilish vaqtida imkon qadar ko‘proq harakat qilishga, stressga qarshi kurashish uchun esa xobbi yoki chalg‘ituvchi mashg‘ulotlar topish va kasallik aksar hollarda o‘limga olib kelmasligini tushunishga chaqirdi.

Avvalroq Moskvada karantin qoidalarini kuzatadigan tizim ishga tushirilishi xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют