» » Yaxshiboyevning goli Minsk derbisida “Energetik-BGU”ga g‘alaba keltirdi

Yaxshiboyevning goli Minsk derbisida “Energetik-BGU”ga g‘alaba keltirdi


Belarus chempionatining 3-turida “Energetik-BGU” 5-aprel, yakshanba kuni “Minsk”ni qabul qildi.

“Talabalar” maydonida kechgan poytaxt derbisida “Energetik-BGU” ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 21-daqiqada Jasur Yaxshiboyev qanotdan jarima maydoniga yorib kirib zarba berdi, biroq uni mehmonlar darvozaboni qaytarib qoldi. Qaytgan to‘pni Aleksey Nosko yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.

70-daqiqada maydon egalari Ayk Musaxanyanning chetlatilishidan keyin bir kishi kam bo‘lib qoldi. Biroq “Energetik” o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda g‘alabani mustahkamladi. Yaxshiboyev o‘tkir burchakdan aniq zarab yo‘llab, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa “Energetik-BGU” 3-turdan keyin yuz foizlik natija ko‘rsatgan holda musobaqa jadvalida yakka peshqadamga aylandi.

Belarus Oliy Ligasi

3-tur bahsi

5-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 21 Nosko, 2:0 — 90+2 Yaxshiboyev.

“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboyev, Girs (Yudchits, 46), Tve, Musaxanyan, Atemeng (Umarov, 75).

“Minsk”: Leonov, Zaleskiy, Prishepa (Vasilev, 77), Chagovets, Nasibulin, Shramchenko, Vasilev (Ostroux, 36), Yarotskiy, Sazonchik, Xvashinskiy, Gribovskiy.

Ogohlantirishlar: Musaxanyan (25), Sazonchik (37), Svirepa (45), Tve (48), Atemeng (66), Sadovskiy (89).

Chetlatish: Musaxanyan (70).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют