» » AQShda politsiyachi karantin tufayli tushkunlikka tushib qolgan ayolga yordam ko‘rsatdi

AQShda politsiyachi karantin tufayli tushkunlikka tushib qolgan ayolga yordam ko‘rsatdi


AQShning Massachusets shtati Boston shahrida yashovchi ayol uch farzandi uchun supermarketdan olayotgan mahsulotlarga pul to‘lay olmadi. Ayol koronavirus pandemiyasi sabab joriy qilingan karantin tufayli ishsiz qolgan edi, deb yozadi Unilad.

37 yoshli aeroport xodimasi Jennifer Velaskes plastik kartasida pul kamligi uchun zarur mahsulotlarni sotib ola olmagan. Xafa bo‘lgan ayol ko‘chaga chiqib, trotuarga o‘tirib, yig‘lab yuborgan.

Yig‘lab o‘tirgan ayolning yoniga Ben Pegero ismli politsiyachi keldi hamda undan hol-ahvol so‘raydi.

Ayol pandemiya sabab karantin tufayli ishsiz qolganini aytgan. Politsiyachi vaziyatdan xabar topgach, supermarketga kirib 225 dollarga oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olgan.

Politsiyachi yeguliklar uchun pulni o‘z hisobidan to‘lagan.

“Men odamlarga yordam berishni yaxshi ko‘rganim uchun politsiyaga ishga kirganman. Men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman”, — deydi Pegero.

Mavzuga doir: Hindistonlik politsiyachi koronavirus shaklidagi shlemda xizmat vazifasini o‘tamoqda (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют