» » AQSh aholisi koronavirusga immunitet hosil qilganini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

AQSh aholisi koronavirusga immunitet hosil qilganini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazilmoqda


AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) koronavirusga chalinganlar sonini, shu jumladan, kasallik alomatlarsiz o‘tgan shaxslarni aniqlash maqsadida antitelalarga test o‘tkazishni boshladi, deb xabar bermoqda Politico.

Qayd etilishicha, ushbu test virus odamga yuqqan-yuqmaganligini, kasallikdan tuzalganini va unga immunitet hosil qilganini aniqlashga yordam beradi.

Test uch guruhdagi odamlardan: koronavirus epidemiyasi o‘chog‘ida yashayotgan, lekin kasallikka chalinmagan shaxslardan, koranavirus uncha keng tarqalmagan hududlarda yashayotgan shaxslardan, shuningdek, muayyan aholi guruhlaridan, shu jumladan, tibbiyot xodimlaridan olinadi.

AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi (Food and Drug Administration — FDA) testlarni 1-apreldan boshlab o‘tkazishga ruxsat bergan.

Ta’kidlanishicha, ushbu tadqiqot AQSh ishchi kuchlarini tiklashga yordam beradi va virus turli sharoitlarda o‘zini qanday tutishini tushunish imkonini beradi.

AQShda kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Mamlakatda ayni paytda 312 249 kishi koronavirusga chalingan. Uning ortidan Ispaniya (130 759), Italiya (124 632) va Germaniya (97 052) davlatlari o‘rin olgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют