» » Koronavirusning uchinchi haftasi dayjesti: Kuchaygan karantin, xayriya xavotiri, cheklovlar: >65 yosh; <2 metr; >37 daraja

Koronavirusning uchinchi haftasi dayjesti: Kuchaygan karantin, xayriya xavotiri, cheklovlar: >65 yosh; <2 metr; >37 daraja


Qolini kuniga on martalab yuvib oqartirganlar, burnida niqobdan iz qolganlar, bolalarning topolonidan qulogiga paxta tiqqanlar, tort devor orasida ovqatlanishdan, uxlashdan, kinodan va ijtimoiy tarmoqlardan xit bolganlar uchun dayjestimizni boshladik.

Mavzuga doir:

Ozbekistonni oz uyiga aylantirgan koronavirus viloyatlarga yurish boshladi. Avvalroq Ozbekistonda koronavirus yuqqanlar mingtadan oshib ketdi, deb internetda dalilsiz xabar tarqatgan qashqadaryolik fuqaro on kunga qamalgan edi. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan 145-bemor Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi. U koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemorning jiyani bolgan. Uning ota-onasi va muloqotda bolganlarning hammasi nazoratga olingan. Ammo uning ota-onasida kasallik aniqlanmagan.

Bemorlarning qayerda ekani va yoshi haqidagi malumotlar ham oshkor etildi. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 146 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Fargona viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 30 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida,uch nafari Qashqadaryo viloyatida vaikki nafari Navoiy viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.

Bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari ayol bolsa, shundan 13 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Yosh boyicha taqsimot: 0-9 yoshgacha 8 nafar; 10-19 yoshgacha 10 nafar; 20-29 yoshgacha 51 nafar; 30-39 yoshgacha 63 nafar; 40-49 yoshgacha 73 nafar; 50-59 yoshgacha 40 nafar; 60-69 yoshgacha 13 nafar; 70-79 yoshgacha 5 nafarni tashkil etmoqda.

* * *

Bu haftada inqirozga qarshi choralarning ikkinchi paketi qabul qilindi. Ushbu choralar asosiy istemol tovarlaridan boj undirilmaslik; bolali oilalarga imtiyoz; yolgiz keksalar va nogironlarga yordam; turistik firmalar va karantinda toxtab qolgan tadbirkorlarga imtiyoz; turli soliq va yigimlar boyicha yengilliklarni oz ichiga oladi. Shu bilan birga, prezident inqiroz davrida ham tadbirkorlarni qollab-quvvatlash toxtamasligini takidlab, bitta korxona faoliyatini toxtatishiga ham favqulodda holat deb qaralishi kerak, dedi.

* * *

30-mart kuni karantin davrida aholi harakatini cheklash uchun avtomobillar maxsus stiker asosida yurishi joriy etilishi malum qilingan edi. Tartibga kora, juda zarur va kechiktirib bolmas xizmat avtotransportlaridan tashqari barcha mashinalar harakati toxtatiladi. Stiker-ruxsatnoma olish boyicha arizalar qabuli 4-aprel kuni toxtatildi. Ozbekiston boyicha 23 546 ta ruxsatnoma berilgan, 81 241 tasi rad etilgan, 10 004 ta ariza oluvchilarning ozlari tomonidan qaytarib olingan.

Stiker harakatlanishga imtiyoz hisoblangach, karantinni pisand qilmasdan mashina minish ishqibozlari har qanday qingir yol bilan ham stiker olishga kirishib ketdi. Kimdir ovqat eltish xizmatining kuryeriga aylanmoqchi bolsa, boshqasi kasal olib ketayotgan roliga kirib harakatlanmoqchi boladi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov harakatlanish ruxsatnomasining suiistemol qilinishi javobgarligi va jarimasini teleefirda tushuntirib qoydi.

Mavzuga doir:

Eslatib otamiz,agar siz davlat tomonidan belgilangan toifadagi haydovchi bolmasangiz, avtomobilda harakatlanmang. 6-aprel soat 6:00dan boshlab Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida skuter va velosipedda harakatlanish ham cheklanadi.

* * *

Xayr-saxovatli insonlar karantin vaqtida darhol ishga kirishib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda eng kozga koringan blogerlar Dilshod Boltaboyev, Aqida Xonim, Abduvohid Atametov va boshqalar, shuningdek, Buxoroda Biz birgamiz, Qoqonda Yelkama yelka aksiyasi faollari yuzlab muhtoj oilalarga eng zarur istemol mollari yetkazib bera boshladi.

Biroq 1-aprel kuni Respublika maxsus komissiyasi yakka tartibdagi xayriya aksiyalarida virus tarqalishi xavfi mavjud, degan xulosaga kelib, aksiyalarni toxtatdi. Komissiya xayr-ehson aksiyalarini markazlashtirilgan tartibda amalga oshirilishini belgilab qoydi. Ehson qilingan mahsulotlar bir yerda yigiladi, sanitar-gigiyenik talablarga mosligi korikdan otkazilib, karantin talablariga rioya qilingan holda tegishli oilalarga yetkazib beriladi.

Alisher Usmonov Mehr-shafqat va salomatlik fondiga20 million dollarajratdi. Bunga qadarDXX,Bosh prokuraturava MIB,Prezident Davlat xavfsizlik xizmatixodimlari koronavirusga qarshi kurash uchun oz maoshlarining bir qismini mazkur jamgarmaga otkazib bergan edi. Quvasoysement korxonasi esa jamgarmaga100 million somajratgan.

Sportchilarning xayriyalarini alohida takidlash lozim. Futbolchi Otabek Shukurov birinchilardan bolib qiyin ahvolda qolgan oilalarga 100 million som ajratdi. Odil Ahmedovning aka-ukalari ham Namanganda muhtoj oilalarga yordamlashdi. Mirjalol Qosimov esa koronavirusga qarshi kurash uchun 75 million som xayriya qildi.

Kozga koringan shaxslar xayr-saxovatda faollik korsata boshlagach, darhol kopchilik sanatkorlarni esladi va ularning ehsonda faol emasligini tanqid qilishga ham ulgurdi. Shundan song taniqli sanatkorlar koronavirusga qarshi kurashishga 350 million somdan koproq mablag ajratgani aytildi.

* * *

Koronavirus yuqmagan xabarlarimiz ham bor. Dunyo bozorida neft narxi qariyb suv tekinga yaqinlashishi ortidan Ozbekistonda dizel yonilgisi ham 300 somga arzonladi. Azaldan dunyo bozorida neft narxi oshishi Ozbekistonda na benzin, na dizel bahosiga tasir korsatgan. Biroq bu gal istisno boldi. Dunyo bozorida neft narxi deyarli uch barobar pasaygan bolsa, Ozbekistonda dizel 300 somga arzonladi. Hattoki Ozbekneftgaz narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borishga vada berdi.

Yana bir koronavirussiz pozitiv xabarimizni oqing. Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini 10 million som bilan mukofotlash togrisidagi farmonni imzoladi. Otgan yili 7,5 million somdan berilgan edi.

* * *

Ertadan, yani 6-apreldan boshlab ozini yakkalash hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi: shaxsning ozining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur bolgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun va shifokor korigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qatiyan cheklanadi, ish joyiga borishi va kelishi bilan bogliq holatlar bundan mustasno; harakatlanishda hamda savdo dokonlari va boshqa joylardaikki metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi; 65 yoshdan yuqori bolgan va surunkali kasalligi bolgan fuqarolar oz uylaridan ota zaruratsiz tashqariga chiqishi qatiyan man etiladi. Aholi tashrif buyuradigan tegishli joylar zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi. Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish vaqtincha cheklanadi. Toliq malumot bu yerda.

* * *

Ozbekistonning koronavirusga qarshi qatiy chora-tadbirlarini kopgina xalqaro nashrlar maqullamoqda. Xususan, AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqalari haqidagi nashri The Diplomat, Britaniyaning BBC saytlari bu haqda yozdi. Shuningdek,Daryo bu mavzuda fransiyalik siyosatshunos Emmanuel Dyupyui bilan suhbatlashdi.

Mavzuga doir:

Ozbekiston va uning tort qoshnisi inqirozga qarshi birgalikda kurashishi lozim. Fransiyalik siyosatshunos Emmanuel Dyupyui bilan suhbat

Yaqindagina tashkil qilingan Coronavirus.uzsayti virus tarqalishi va choralar haqida tezkor axborot berib turibdi. Unda koronavirus tarqalish interfaol xaritasi, viloyatlar boyicha bemorlar soni, onlayn test va boshqa zaruriy axborotlar mavjud. Sayt malumotiga kora,hozirgacha virus yuqtirganlar 298, tuzalganlar 30 nafarga yetdi. Quvonarlisi, bu hafta virusdan vafot etgan ozbekistonlik yoq.

Daryo yangiliklarini kuzatib boring. Ozbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor boling. Eng asosiysi, uyda qoling, karantinga rioya qiling.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-04-2020, 20:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -