» » “Osmondagi bolalar”dagi Xurshid nima sababdan kinolarda boshqa suratga tushmaganiga oydinlik kiritdi (video)

“Osmondagi bolalar”dagi Xurshid nima sababdan kinolarda boshqa suratga tushmaganiga oydinlik kiritdi (video)


Rejissor Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar” filmidagi Xurshid roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor Davron G‘ulomov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Davron G‘ulomov suhbat davomida nima uchun “Osmondagi bolalar” filmidan so‘ng boshqa filmlarda rol ijro qilmagani haqida gapirib berdi.

Filmlardan taklif bo‘lgan, ammo o‘zim rad qilganman. Bu sohaga qattiq qiziqmaganman. ‘Osmondagi bolalar’ filmidan so‘ng ‘Taqdir’ deb nomlangan filmga taklif bo‘lgan.

Hozir aktyorning darajasi ko‘tarilgan. Avval unday emas edi. Debyutant aktyorlarga munosabat esa butunlay boshqacha edi. Debyutant aktyorlarga ‘bor ishla, o‘sha ishni qilishing shart, qilmasang bo‘lmaydi’, degan talablar qo‘yilar edi.

Zulfiqor Musoqov esa unaqa inson emas edi. Ular biz uchun ham aka, ham ota va o‘rtoq edi. Biz bilan xohlagan mavzuda gaplashar edilar.

O‘sha vaqtda kino ham u qadar rivojlangan soha emas edi. Menga jurnalistlar tomonidan ‘kinoda suratga tushish uchun qancha pul bergansiz’, degan mazmundagi savollar juda ko‘p bo‘lgan. Bu savollarga hozir ham javob berishim mumkin, insonni o‘zida qobilyat yaxshi bo‘lsa unga pul berib filmga chiqish shart emas.

Keyingi takliflardagi munosabat yaxshi bo‘lmagani uchun filmlarda rol ijro qilmaganman.

Davron G‘ulomov, tadbirkor, ‘Osmondagi bolalar’ filmidagi Xurshid roli ijrochisi

Ma’lumot uchun, “Osmondagi bolalar” filmi rejissor Zulfiqor Musoqov tomonidan 2002-yilda, “Osmondagi bolalar 2” filmi esa 2003-yilda suratga olingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют