» » Hukumat vakili OAVda kasallikdan tuzalganlar haqida xabarlar ko‘pligi, biroq kasallanganlar soni kamaymayotganiga izoh berdi

Hukumat vakili OAVda kasallikdan tuzalganlar haqida xabarlar ko‘pligi, biroq kasallanganlar soni kamaymayotganiga izoh berdi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKAda tashkil qilingan maxsus shtabdagi brifingda nima sababdan tuzalganlar haqidagi xabarlar ko‘pligiga qaramay kasallanganlar soni ortib borayotganiga izoh berdi.

“Bizda kasallanganlar va davolanayotgan bemorlarning 40 foizi koronavirusni xorijda yuqtirib olgan, 60 foizi esa COVID-19 ni o‘sha 40 foiz qatlamiga kiruvchi insonlardan yuqtirgan. Hozir respublika bo‘yicha 100 mingdan ortiq odam tibbiy kuzatuvlar ostida turibdi. Ular orasida kasallik aniqlanishi tabiiy, biz 100 ming aholini 14 kun davomida kuzatib, birorta ham bemor topilmaydigan darajaga kelsak, epidemik jarayon jilovini qo‘lga olgan va kasallik tarqalishiga barham bergan bo‘lamiz. 4-aprel holatiga ko‘ra, ro‘yxatga olingan 263 nafar bemorning 102 nafari COVID-19 ni chet eldan yuqtirib kelgan, 161 nafari esa ular bilan muloqot qilishi oqibatida koronavirusga chalingan” , — deydi Otabekov.

Hamma supermarket va bozorlarga kiraverishga teplovizorlar o‘rnatish haqidagi savolga ham javob qaytargan Nurmat Otabekov hatto rivojlangan davlatlarda ham bunday chora qo‘llanilmagani, uskuna anchayin qimmat turishi, lekin odam haroratini o‘lchaydigan termometrlar hamma joyda borligining o‘zi ham yaxshi yechim ekanini qayd etdi.

Shuningdek, hukumat vakili 40 daraja issiq sharoitda koronavirusning atmosfera havosida yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi ma’lumotlar yuzasidan ham fikrini bayon etdi.

“Koronavirus kasalligi qo‘zg‘atuvchisi quruq va issiq havoda uzoq vaqt qola olmaydi, tezda nobud bo‘ladi. Singapurda ushbu farazning biroz noto‘g‘ri ekani, hatto koronavirusning 70 daraja issiqda ham yashay olishi isbotlanibdi. Issiq kunlar kelishi O‘zbekiston sharoitida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga to‘sqinlik qilishi, uni yengishga yordam berishi mumkin” , — degan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i.

Bundan tashqari Otabekov koronavirus infeksiyasi havoda, deylik ko‘pqavatli uylarning liftlarida, zinapoya ushlagichlarida qancha vaqt yashay olishi mumkinligi haqidagi savolga ham javob berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada aniq javob yo‘q, agar kasallangan odam liftda aksa ursa va undan keyin kimdir kirib, ushbu havoda nafas olsa, kasallik yuqtirish ehtimoli ko‘payadi. Tavsiyalar bo‘yicha, iloji boricha, bemor ushlagan buyumlardan, u ishlatgan jihozlardan foydalanmaslik zarur. Lift tugmachasi, eshik ushlagichlari va boshqa shunga o‘xshash narsalarga qo‘l bilan teginmaslik lozim.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют