» » O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xorijda og‘ir vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish maqsadida maxsus hisob raqami ochdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xorijda og‘ir vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish maqsadida maxsus hisob raqami ochdi


O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Facebook’dagi rasmiy sahifasida COVID-2019 koronavirusi pandemiyasidan jabr ko‘rganlar uchun mablag‘ yig‘ilishini ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi tomonidan COVID-2019 koronavirusi infeksiyasining tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistondagi aholining zaif qatlamlari hamda xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam berish maqsadida maxsus hisob raqami ochildi”, — deyiladi elchixona rasmiy sahifasidagi xabarda.

Shuningdek, xabarda O‘zbekistonga va o‘zbekistonliklarga yordam berish istagida bo‘lgan tadbirkorlar, korxonalar yoki rasmiy tashkilotlar xayriya mablag‘larini ushbu rekvizitlar bo‘yicha o‘tkazishi mumkinligi qayd etilgan.

Mablag‘lar to‘plash jarayonining ochiqligi va shaffofligini, kelib tushadigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida elchixona ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zining rasmiy sahifalari orqali doimiy ravishda batafsil hisobot berib boradi.

Elchixona boshlagan xayriya aksiyasiga birinchilardan bo‘lib “Baxt-Tekstil” MChJ ta’sischisi Bahritdin Mo‘minov o‘z hissasini qo‘shganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Dunyo volontyorlarining koronavirus pandemiyasi sharoitidagi faoliyati – suratlarda

Avval AQShning koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 848 ming dollar ajratishi kutilayotgani, Mirjalol Qosimov koronavirusga qarshi kurash uchun 75 million so‘m xayriya qilgani, Alisher Usmonov “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 20 million dollar ajratgani, Otabek Shukurov karantin vaqtida muhtoj oilalarga yordam berish uchun 100 million so‘m xayriya qilgani, shuningdek, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ish haqining bir qismini “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazgani haqida xabarlar berilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют