» » Qozog‘istonda ijtimoiy yordam uchun ariza berishning yangi usuli paydo bo‘ldi

Qozog‘istonda ijtimoiy yordam uchun ariza berishning yangi usuli paydo bo‘ldi


Qozog‘istonda koronavirus pandemiyasi sabab uyda o‘tirgan kam ta’minlangan oilalar, norasmiy ishlovchi fuqarolar, aholining yordamga muhtoj qatlami uchun joriy etilgan 42 500 tenge miqdoridagi ijtimoiy yordam uchun ariza berishning yangi — elektron raqamli imzo talab qilmaydigan usuli yaratildi. Bu haqda “Coronavirus2020.kz” xabar bergan.

eGov saytida SMS orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘lgan alohida so‘rov servisi ishga tushirilgan.

Fuqarolar tizimga kirish vaqtida bir martalik parol bandini tanlab, STIR hamda o‘z telefon raqamini terib ariza berishi mumkin. SMS orqali yuborilgan raqamlarni terib, boshqa ma’lumotlarni kiritgach so‘rovni qayta ishlashga yuborish lozim. Bitta ariza uch kun davomida ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga doir: Qozog‘istonlik jurnalist karantin tufayli jonli efirda sevgan qizining qo‘lini so‘radi (video)

Avval Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev koronavirus epidemiyasi sababli mamlakatda favqulodda vaziyat joriy etilgani tufayli o‘z ishini yo‘qotgan aholini yordam puli bilan ta’minlash yuzasidan topshiriq bergan.

Favqulodda vaziyat davrida aholi har oyda yordam puli olishni boshlaydi. Bu ko‘mak 3 million nafardan ziyod fuqaroga berilishi ko‘zda tutilgan.

Vaqtincha ishsiz qolgan va daromad tushumini yo‘qotgan kishilar “egov.kz” portali orqali ariza taqdim qilishi mumkin.

Mavzuga doir: Nursulton Nazarboyevning koronavirusga chalingani haqidagi mish-mishlar rad etildi

Qozog‘istonda 5-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 584 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют