» » Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli test qilindi

Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli test qilindi


Turkiyalik olimlar hayvonlar tanasida COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Anqaradagi Xajettepe universiteti professori Atesh Kara Twitter’da ma’lum qilgan.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, vaksina mikroignalar yordamida leykoplastirda hayvonlarga yuborilgan. Emlash kurashuvchi tanachalar ishlab chiqish bo‘yicha immun javob qaytargan.

“Endi ushbu vaksinaning odamlarni ham himoya qilish yoki qila olmasligini tekshirish kerak”, — deb yozgan professor.

Mavzuga doir: 

Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat 10-mart kuni kuzatilgan. O‘shanda Yevropadan qaytgan fuqaroda COVID-19 borligi aniqlangandi. Mamlakatda infeksiya keltirib chiqargan kasallikdan birinchi o‘lim holati 18-martda qayd etilgan. Turkiyadagi barcha ta’lim muassasalari yopilgan.

Turkiya hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish uchun 28-mart kuni xalqaro aviaqatnovlarni muayyan muddatga to‘xtatgan. Shaharlararo qatnovlar ham faqat hukumat ruxsat bergan holatlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Epidemiya tufayli mamlakatdagi turistik mavsum ochilishi bekor qilingan.

Turkiyada 3-apreldan boshlab transportlarning mamlakat hududiga kirishi va chiqishiga taqiq qo‘yilgan. Ushbu cheklov choralari 30 ta katta shaharlar va Zonguldak viloyatiga taalluqli. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ushbu muddatning zaruratga ko‘ra yana uzaytirilishi mumkinligini ham qayd etgan. Bundan tashqari 20 yoshdan kichik aholi vakillarining ko‘chaga chiqishi taqiqlangan, fuqarolarning jamoat joylarida tibbiy niqoblarda yurishi va o‘zaro masofani saqlab harakatlanishi majburiy deb belgilab qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют