» » Italiyada koronavirus qurbonlari sonining o‘sish sur’ati kamaygani ma’lum qilindi

Italiyada koronavirus qurbonlari sonining o‘sish sur’ati kamaygani ma’lum qilindi


Italiya fuqaro muhofazasi xizmati rahbari Anjelo Borelli mamlakatda koronavirus bilan kasallanish sabab shifoxonalarga yotiqizilgan odamlar soni epidemiya boshlanganidan beri ilk bora nisbatan kamroq kuzatilganini ma’lum qildi. Bu haqda Corriere della Sera xabar bergan.

Italiyada COVID-19 qurbonlari soni 525 nafarga ko‘payib, 16 ming kishiga yetgan. Nashrning yozishicha, so‘nggi bora virus qurbonlari sonining o‘sish ko‘rsatkichi epidemiya boshlanguniga qadar, ya’ni 19-mart kuni bir sutkada 600 nafardan kamroq bo‘lgan.

Mavzuga doir: 

Borellining aytishicha, bugungi kunda mamlakatda kasalxonalarning odatiy bo‘limlari yoki intensiv terapiya palatalariga yotqizilgan bemorlar soni kamaymoqda. 5-aprel holatiga 91 246 nafar kishi kasallangan, ya’ni umumiy qiymatga 2772 nafar bemor soni qo‘shilgan.

Tuzalganlar va vafot etganlar bilan qo‘shib hisoblagandan Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 128,9 ming nafarni tashkil qilgan. 4-aprelda bu raqam 124,6 ming kishiga yetgandi.

Italiya Sog‘liqni saqlash oliy instituti prezidenti Silvio Bruzaferroning so‘zlariga ko‘ra ushbu sonlar kamayishda davom etsa epidemiya bilan kurashning keyingi bosqichiga o‘tish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga doir: 

Jons Xopkins universiteti bergan ma’lumot bo‘yicha Italiya va Ispaniyada Yevropa mamlakatlari orasida koronavirus bilan kasallanganlar soni ancha ko‘p. Jumladan, Italiyada 128 ming nafardan ko‘proq, Ispaniyada esa 130 mingdan ziyod kishi COVID-19 bilan kasallangan.

Mavzuga doir: WSJ: Italiyada koronavirus qurbonlari soni e’lon qilinganidan ko‘proq bo‘lishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют