» » JSST vakili koronavirusning eng yaqqol belgisi haqida gapirdi

JSST vakili koronavirusning eng yaqqol belgisi haqida gapirdi


Koronavirus yuqtirib olinganning eng birinchi oshkora belgisi insonda yuqori darajadagi isitma chiqishi kuzatilishidir. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Kasallangan odamlarning aytishicha, ular yarim kechasi alaxsirab uyg‘ongan va o‘zlarini juda yomon his etgan”, — deydi Xarris.

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha bemorlar isitmadan keyin kuchli titroqni ham his etgan.

“Kasallikning yaqqol belgisi — isitma va tana haroratining 38 darjadan ham balandroq bo‘lishi”, — degan JSST vakili.

Xarrisning aytishicha, COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlarning 90 foizida infeksiya shunday alomatlar bilan boshlangan.

Mavzuga doir: 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 5-aprel holatiga COVID-19 bilan kasallanganlar soni million nafardan oshib ketgan, 57 ming kishi infeksiya keltirib chiqargan pnevmoniyadan vafot etgan. Tashkilot 1-apreldan boshlab koronavirusdan tuzalganlar sonini e’lon qilishni to‘xtatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 51) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют