» » Premyer Ligada mavsum ramziy terma jamoasi aniqlandi

Premyer Ligada mavsum ramziy terma jamoasi aniqlandi


Sky Sports nashri Angliya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Mazkur ramziy terma jamoadan olti nafar “Liverpul” futbolchisi o‘rin oldi. Shuningdek, “Lester” va “Sheffild Yunayted”dan ikki nafardan o‘yinchi olingan bo‘lsa, yana biri “Manchester Siti” vakili bo‘ldi.

Avvalroq “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane Sky Sports talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.

Darvozabon: Den Henderson (“Sheffild Yunayted”)

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Endryu Robertson (barchasi — “Liverpul”), Jek O’Konnell (“Sheffild Yunayted”);

Yarim himoyachilar: Oninye Ndidi (“Lester”), Jordan Henderson (“Liverpul”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”);

Hujumchilar: Sadio Mane, Muhammad Saloh (ikkisi — “Liverpul”), Jeymi Vardi (“Lester”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют