» » Boris Jonson kasalxonaga yotqizildi. Avvalroq unda koronavirus aniqlangandi

Boris Jonson kasalxonaga yotqizildi. Avvalroq unda koronavirus aniqlangandi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus sabab kasalxonaga yotqizildi. The Financial Times’ning Britaniya hukumatiga tayanib ma’lum qilishicha, bosh vazir ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yotqizilgan.

Boris Jonsonda virus 27-mart kuni aniqlangan edi. Oradan 10 kun o‘tayotgan bo‘lsa-da, unda hamon kasallik belgilari saqlanib qolmoqda.

Britaniya bosh vaziri bu vaqtga qadar uyda izolyatsiya holatida hukumatni videokonferensaloqa orqali boshqarishda davom etayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 25-mart kuni Britaniya taxti vorisi — 71 yoshli shahzoda Charlzda ham koronavirus aniqlangan. 31-mart kuni Charlz koronavirusdan tuzalib, karantindan chiqqan edi.

26-mart holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 48 440 kishida koronavirus aniqlangan, bemorlarning 4943 nafari vafot etgan.

Avvalroq Qirolicha Yelizaveta II Buyuk Britaniya va Hamdo‘stlik davlatlari aholisiga televideniye orqali murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, bu uning 68 yillik boshqaruvi davridagi rejadan tashqari to‘rtinchi telemurojaati hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют