» » Tramp koronavirusni davolashda bezgakda qo‘llanadigan dorilarni tavsiya qilib, shifokorlarga bosim o‘tkazgan

Tramp koronavirusni davolashda bezgakda qo‘llanadigan dorilarni tavsiya qilib, shifokorlarga bosim o‘tkazgan


AQSh prezidenti Donald Trampning davlat sanitariya idoralariga bosim o‘tkazib bezgakka qarshi preparatni kerakli testlarni o‘tkazmay turib koronavirusni davolashda foydalanishga chaqirgani noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Nashrning yozishicha, Tramp kasalliklar nazorati bo‘yicha oliy toifadagi markazlar rahbarlariga, Sanitar nazorat, oziq-ovqat va tibbiyot vositalari sifati bo‘yicha boshqarma hamda ikkita preparat ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan Milliy institutlarga shaxsan bosim o‘tkazgan.

Prezident yaqin fursatlarda bezgakka qarshi preparatni sotuv uchun tayyorlashga urg‘u bergan. Shundan keyin davlat tomonidan bu boradagi qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishi boshlangan.

Ushbu voqeadan keyin hukumat shifokorlar ushbu dorini tavsiya qilishi yuzasidan topshiriq chiqargan. Topshiriqning o‘ziga xos jihati shundaki dori muayyan vaziyatlarda olimlarning ekspert baholash xulosasisiz belgilanadi.

Topshiriqda xloroxin va gidroksixloroxin kabi bezgakda foydalaniladigan dorilardan koronavirusni davolashda foydalanish tavsiya qilingan.

Reuters’ning qayd etishicha, ushbu dorilar bemorlar yurak urishini tezlashtirib, ularda aritmiyani keltirib chiqarishi mumkin. O‘ta og‘ir holatdagi bemorlarga ushbu preparatlarning berilishi yomon oqibatlarga olib boradi.

Mavzuga doir: 

O‘z navbatida Oq uy Trampning tibbiyot sohasiga bosim o‘tkazganini inkor qilgan hamda prezident uchun asosiy vazifa fuqarolar sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlashdan iboratligini bildirgan.

Mavzuga doir: Rossiya COVID-19’ni davolashda foydalanishi mumkin bo‘lgan preparat nomini e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют