» » “Ronaldinyo Messini kichik ukasidek qabul qilgandi” — Xavi

“Ronaldinyo Messini kichik ukasidek qabul qilgandi” — Xavi


“Barselona” sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi hujumchi Ronaldinyoning Lionel Messiga munosabati haqida gapirdi.

“Messi ‘Barselona’da 16-17 yoshida shug‘ullanishni boshlagan, u vaqtda Ronaldinyo 26 yoshda edi. Ularning munosabati yaxshi edi. Leo, Ronaldinyo va Deku o‘rtasida oilaga o‘xshash guruh shakllangandi. Ronaldinyo va jamoadagi qolgan barcha Messida o‘zgacha salohiyat borligini ko‘rib turardi.

Ronaldinyo Messini ukasidek qabul qildi va ular orasida juda yaxshi munosabat shakllandi. Ronaldinyo unga juda kuchli yordam qildi. Hammamiz ko‘mak berardik, biroq Ronaldinyo amaldagi eng yaxshi o‘yinchi sifatida bu ishni amalga oshirardi.

Dunyoning eng yaxshilari yosh yigitchani oila a’zosidek qabul qilgani Leoga juda katta yordam berdi. Messi usiz ham dunyoning eng yaxshisiga aylana olardi, biroq kiyinish xonasidagi iliq munosabat unga yordam berdi”, — deydi Xavi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 9) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют