» » Video: Uch bo‘lak taxtadan qanday qilib “Formula-1” bolidini yasash mumkin?

Video: Uch bo‘lak taxtadan qanday qilib “Formula-1” bolidini yasash mumkin?


Vyetnamlik yog‘och ustasi o‘z YouTube kanaliga yog‘ochdan yirik “Formula-1” bolidi modelini yasash jarayoni aks etgan videorolikni joylashtirdi.

Ustaga buning uchun uchta bo‘lak taxta, bir necha mix, duradgorlar yelimi hamda ko‘proq bo‘sh vaqt talab etildi.

Vyetnamlik usta poyga avtomobilining o‘lchamini chiqarish uchun haqiqiy avtomobil suratini chop etib, undan mo‘ljal oldi.

Yog‘och Ferrari hayratlanarli darajada haqiqiysiga o‘xshash: unda hatto yechiladigan aerodinamik elementlar ham mavjud.

Usta mayda detallarni, masalan orqani ko‘rishga mo‘ljallangan oyna, yon deflektorlar yoki boshni himoya qiluvchi moslama HALO’ni yopishtirish uchun maxsus yelimdan foydalandi. Shassi va kuzov mixlar bilan qotirilgan, shinalar esa ikki tarkibli qilib yasaldi.

Mavzuga doir: Vyetnamda yog‘ochdan Toyota Land Cruiser avtomobilini yasashdi (video)?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют