» » Hindistonda tug‘ilgan egizaklarga koronavirusga atab ism qo‘yildi

Hindistonda tug‘ilgan egizaklarga koronavirusga atab ism qo‘yildi


Hindistonning Chxattisgarx shtatida yashovchi er-xotin egizak farzandlarini koronavirus sharafiga nomladi, deb yozadi Hindustantime.

Egizaklar 27-mart kuni, ya’ni koronavirus pandemiyasi karantini paytida dunyoga kelgan.

Ota-ona o‘g‘il bola chaqaloqqa Kovid, qiz bolaga esa Korona deb ism qo‘ygan.

“Ha, bu xavfli virus. Lekin koronavirus pandemiyasi insonlarni sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etishga o‘rgatdi. Shuning uchun farzandlarimizni koronavirus sharafiga nomlashga qaror qildik”, — deydi egizaklarning 27 yoshli onasi Priti Verma.

Ota-ona kelgusida egizaklarning ismini o‘zgartirish ehtimoli ham yo‘q emasligini aytib o‘tgan.

Avvalroq ham Hindistonda tug‘ilgan chaqaloqqa koronavirusga atab ism qo‘yilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют