» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 216 kishiga yetdi, yana ikki kishi vafot etgan

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 216 kishiga yetdi, yana ikki kishi vafot etgan


6-aprel holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda yana 69 kishida koronavirus aniqlangan, ikki kishi vafot etgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Sabirjan Abdukarimovga tayanib, Akipress xabar berdi.

Shunday qilib, butun mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 216 kishiga yetgan (ularning to‘qqiz nafari tibbiyot xodimlari), vafot etganlarning jami soni 4 kishini tashkil etmoqda. Bundan tashqari, yana 5 kishining ahvoli og‘ir bo‘lib, ularning ikki nafari sun’iy nafas oldirish apparatiga ulab qo‘yilgan.

Yangi 69 holat quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining ta’kidlashicha, 6-aprel kuni koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan 23 nafar bemorga javob beriladi. Avvalroq 10 kishiga shifoxonadan ruxsat berilgan edi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning yirik shaharlari aholisiga soat 20:00 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlangani, mamlakatdan un va makaronlarning olib chiqib ketilishiga, Bishkekda shaxsiy avtomobildan foydalanishga taqiq qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют