» » BMT karantin vaqtida uydagi zo‘ravonliklarga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi

BMT karantin vaqtida uydagi zo‘ravonliklarga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi


BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh hukumatlarni koronavirus pandemiyasi tufayli ommaviy izolyatsiya qilish rejimi fonida tobora kuchayib borayotgan uydagi zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqdagi videomurojaatni o‘zining Twitter’ida e’lon qildi.

Peace is not just the absence of war. Many women under lockdown for #COVID19 face violence where they should be safest: in their own homes.

Today I appeal for peace in homes around the world.

I urge all governments to put women’s safety first as they respond to the pandemic. pic.twitter.com/PjDUTrMb9v

— Ant?nio Guterres (@antonioguterres) April 6, 2020

Unda BMT Bosh kotibi COVID-19’ga qarshi birlashish uchun dunyodagi barcha qurolli to‘qnashuvlarda harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirganini eslatib o‘tgan.

“Ammo zo‘ravonlik faqat jang maydoni bilan cheklanib qolmaydi. Ko‘p ayollar va qizlar ular xavf-xatardan eng xoli bo‘lishi kerak bo‘lgan joy — o‘z uylarida xavfga duch kelmoqda. Shu sababli men yangi — uyda tinchlik o‘rnatish chaqirig‘i bilan murojaat qilmoqdaman”, — degan Antoniu Guterresh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda iqtisodiy va ijtimoiy bosim kuchayib borishi bilan oilaviy zo‘ravonliklar ham ommaviy avj oldi.

Shu munosabat bilan Bosh kotib barcha hukumatlarni ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va bunday zo‘ravonlik oqibatida yuzaga kelgan zararni qoplash bo‘yicha chora-tadbirlarni koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha o‘z milliy rejalarida asosiy o‘ringa chiqarishga chaqirdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют