» » Tramp AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 ming kishidan kamroq bo‘lishiga umid qilishini bildirdi

Tramp AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 ming kishidan kamroq bo‘lishiga umid qilishini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etadiganlar soni 100 ming kishiga yetishi to‘g‘risidagi taxminlar amalga oshmasligiga umid qilishini bildirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Ushbu raqamlarga yaqinlashmaslikka umid qilamiz va undan imkoni boricha uzoqroqda to‘xtaymiz”, — deydi Tramp.

Avvalroq Tramp koronavirus oqibatida 200 ming amerikalikning o‘lishini “yaxshi” ssenariy deb atagan edi. AQSh allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi esa joriy yilning kuzida COVID-19 koronavirusining ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilgan

Hozirda AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Mamlakatda kasallar soni 337 ming kishidan oshgan, qariyb 10 ming odam vafot etgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 3-aprel kuni Oq uy Tramp koronavirusga qayta test topshirganini ma’lum qilgandi. Unda koronavirus aniqlanmagan. Shu bilan birga, AQSh prezidenti aholiga niqob taqishni tavsiya qilib, lekin o‘zi bu tavsiyaga amal qilmasligini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют