» » Angliyada “o‘qlangan” Skoda Kodiaq krossoverlaridan tez yordam xizmatida foydalanilmoqda

Angliyada “o‘qlangan” Skoda Kodiaq krossoverlaridan tez yordam xizmatida foydalanilmoqda


Skoda kompaniyasi “o‘qlangan” ikkita Kodiaq RS korssoverlarini tez yordam mashinasiga aylantirdi. Ikkala avtomobil ham Angliya markazida ishlab, shifokorlarga kechasi va noqulay ob-havo sharoitida sanitariya aviatsiyasi vertolyotlari ucha olmagan paytlarda yordam ko‘sratadi, deb xabar berdi Motor.

Britaniyalik tibbiyot xodimlarida Skoda Kodiaq’dan foydalanish bo‘yicha tajriba bor — 2,5 oy oldin Birlashgan Qirollikning Janubi-G‘arbiy tez yordam xizmati reanimatsiya tadbirlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan 18 ta chex mashinalarini qabul qilib olgandi. Kodiaq RS ham xuddi shu kabi jizohlangan, barcha “Kodiak”larni takomillashtirish bilan Halls Electrical firmasi shug‘ullangan.

“Markaziy Angliya sanitariya aviatsiya xizmatida Kodiaq RS’dan tashqari yana ikkita Skoda Superb ham mavjud, biroq chex markasining tibbiyot versiyasi — qoidalardan tashqarida. Britaniya tez yordam xizmati asosan universal kuzovga ega Octavia’ni ma’qul ko‘radi”, — deyiladi xabarda.

Oddiy Skoda Kodiaq reanimobili 150-kuchli 2.0 turbodizel bilan jihozlangan bo‘lsa, Kodiaq RS’ga 239 ot kuchiga ega dizel dvigatel o‘rnatilgan. Bu esa tibbiyot xodimlariga favqulodda holatlarda tez va xavfsiz harakatlanish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют