» » Radamel Falkao Xavi boshqarayotgan klubga o‘tishi mumkin. Uning yillik maoshi 10 mln yevroga teng

Radamel Falkao Xavi boshqarayotgan klubga o‘tishi mumkin. Uning yillik maoshi 10 mln yevroga teng


“Galatasaroy” klubi hujumchisi Radamel Falkao faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin.

Ajansspor nashrining xabar qilishicha, kolumbiyalik futbolchi koronavirus sabab yuzaga kelgan inqiroz paytida maoshining kamayishiga rozi bo‘lmagan va istanbulliklar klubini tark etmoqchi.

Futbolchi Qatarning “As-Sadd” jamoasi bilan kelishib qo‘ygan. “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Xavi boshqarayotgan jamoa Falkaoga yiliga 10 million yevro maosh taklif qilgan.

Shuningdek, 34 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan ham qiziqish bor. Klub vakillari Falkao bilan uchrashishga ulgurgan.

Joriy mavsum Falkao Turkiya chempionatida 14 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют