» » O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari likvidligini 10 foizga oshirishga ruxsat berdi

O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari likvidligini 10 foizga oshirishga ruxsat berdi


O‘zbekiston tijorat banklariga Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezervlar miqdorining 35 foizini banklarning vakillik hisobvarag‘ida qoldirishga ruxsat etildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Markaziy bank boshqaruvi 2020-yil 1-apreldan e’tiboran tijorat banklarining O‘zbekiston Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari miqdoriga nisbatan o‘rtachalash koeffitsiyentini oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, O’zbekistondagi joriy makroiqtisodiy sharoitlardan kelib chiqib, bank tizimi likvidligini qo‘llab-quvvatlash va to‘lov tizimining barqaror ishlashini ta’minlashda majburiy rezervlash instrumentining samaradorligini oshirish maqsadida 2020-yilning 1-aprelidan boshlab majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan amaldagi 0,25 o‘rtachalash koeffitsiyenti 0,35 gacha oshirildi.

“Bunda majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan o‘rtachalash koeffitsiyentini belgilash orqali Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezervlar miqdorining 35 foizini banklarning vakillik hisobvarag‘ida qoldirishga ruxsat etiladi. Bu o‘z navbatida, tijorat banklarining likvidliligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tijorat banklarining Markaziy bankda rezerv sifatida shakllantiriladigan majburiy rezervlar normativlari o‘zgarishsiz, milliy valyutadagi depozitlar uchun 4 foiz hamda chet el valyutasidagi depozitlar uchun 14 foiz miqdorida qoldirildi.

Markaziy bank kelgusida bank tizimidagi likvidlilikning joriy holati tahlilidan kelib chiqib, o‘rtachalash koeffitsiyentini bosqichma-bosqich oshirib boradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют