» » Qatar amiri qaror qildi: Mbappe yozda PSJdan ketmaydi

Qatar amiri qaror qildi: Mbappe yozda PSJdan ketmaydi


PSJ futbol klubi hujumchisi Kilian Mbappe mavsum so‘nggida parijliklar safini tark etmaydi.

Klub egasi, Qatar amiri Tamim bin Hamad al-Toniy shu qarorga kelgan, deya xabar qilmoqda Get French Football News.

“Shamol bo‘ladimi, qor yoki yomg‘ir, biroq Mbappe jamoada qoladi. Amirning xohishi shunday”, — deydi vaziyatdan xabardor manba.

Mbappega “Real”dan qiziqish borligi xabar qilingandi. Ammo PSJ hozirda madridliklar klubining taklifini ko‘rib chiqish haqida o‘ylamayapti.

Fransiyalik futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq PSJ Mbappeni dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylantirish uchun Neymarni “Barselona”ga sotib yuborishga tayyor ekani aytilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют