» » Xitoyda bir sutka ichida koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 39 ta yangi holat qayd etildi

Xitoyda bir sutka ichida koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 39 ta yangi holat qayd etildi


Xitoyning materikli qismida bir nafar odam COVID-19’dan vafot etgan, kasallik yuqtirib olish bo‘yicha 39 ta yangi holat qayd etilgan, 38 nafar odam koronavirusni mamlakat tashqarisidan olib kelgan, 11 nafar bemor tuzalgan. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash komissiyasi xabariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar qildi.

So‘nggi haftalarda Xitoyda kuzatilgan koronavirus yuqtirib olish holatlarining deyarli barchasida bemorlar infeksiya bilan xorijda kasallangani aniqlangan, faqat Guandun provinsiyasida beshta mahalliy holat qayd etilgan. Oxirgi bir sutka ichida ular safiga yana bir mahalliy bemor qo‘shildi.

Xitoyda ayni kungacha 951 ta holatda bemorlar koronavirusni xorijdan yuqtirib qaytgani, 693 nafar kishi hali ham davolanayotgani, 22 nafar odam og‘ir ahvolda ekani va 258 nafar inson tuzalib ketgani ma’lum qilingan.

“Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi 31 ta provinsiyadan yangi turdagi koronavirus yuqtirganlik yuzasidan 81 708 ta holat bo‘yicha ma’lumot olgan, jumladan, 1299 nafar bemor (265 nafari og‘ir ahvolda), 77 078 nafar fuqaro esa kasalxonadan chiqarilgan, 3331 nafar kishi vafot etgan”, – deyiladi xabarda.

1-apreldan boshlab mamlakat hukumati vakillari kasallikning belgilarsiz yuqishi mumkinligi haqida ma’lum qildi, oxirgi bir sutka ichida jami 78 ta holat kuzatilgan va shundan 40 tasida kasallangan shaxslarning xorijdan Xitoyga qaytgani aytilmoqda. 50 nafar odam karantindan chiqarilgan, sababi garchi ular topshirgan tahlillar ijobiy bo‘lsa ham ularda kasallik alomatlari kuzatilmagan.

Ayni vaqtda 1047 nafar kasallangan, biroq koronavirus belgilari kuzatilmagan kishilar tibbiy kuzatuv ostiga olingan.

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida oxirgi bir sutkada birorta ham kasallanish holati kuzatilmagan, kasalxonalardan 69 nafar kishi tuzalib chiqqan, hammasi Uxan shahrida, bitta o‘lim holati qayd etilgan u ham Uxanda.

Mavzuga doir: Odil Ahmedov: Xitoy koronavirusni deyarli yengib bo‘ldi

Epidemiya boshlanganidan beri Xubeyda 67 803 ta kasallanish holati (50 008 tasi Uxanda) kuzatilgan, 64 014 tasida bemorlar tuzalgan, 3212 tasida vafot etgan (2571 tasi Uxanda). Ayni vaqtda provinsiyada 577 nafar odam koronavirus bilan og‘rigan (574 tasi Uxan shahrida), 234 nafar kishi og‘ir ahvolda (231 nafar kishi Uxan shahrida).

Gonkongda 890 ta kasallanish holati kuzatilgan, 4 nafar odam koronavirusdan vafot etgan, 206 nafar inson kasallikdan tuzalgan, Makaoda esa 44 ta holat qayd etilgan (10 nafar kishi tuzalgan), Tayvanda 363 nafar kishi COVID-19 yuqtirib olgan, 5 nafar odam vafot etgan va 54 kishi kasallikdan tuzalgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют