» » 104 yoshli italiyalik ayol koronavirusdan tuzaldi

104 yoshli italiyalik ayol koronavirusdan tuzaldi


Italiyada 104 yoshli ayol koronavirusdan sog‘aygan eng keksa kishi bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.

Ada Zanusso 17-mart kuni kasal bo‘lib qolgan edi. 104 yoshli ayolda tana haroratining ko‘tarilishi, nafas olishning qiyinlashishi kuzatilgan.

Italiyalik ayolning o‘g‘li onasi o‘zini yaxshi his etayotgani, o‘rnidan turib, stulga o‘tirayotganini aytgan.

Ayol yashaydigan qariyalar uyida 20 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Avvalroq xitoylik va eronlik 103 yoshli ayollar ham koronavirusdan tuzalgan edi.

Mavzuga doir: Umid va ishonch hikoyasi. Ispan grippidan va jahon urushidan omon chiqqan 101 yoshli italiyalik otaxon koronavirusni ham yengdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют