» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 397 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 397 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 397 kishiga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, infeksiya bilan kasallanganlar soni so‘nggi bayonot berilganidan beri 7 kishiga oshgan. Avvalroq, 6-aprel Toshkent vaqti bilan soat 9:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 48 nafarga oshib, 390 kishiga yetgani haqida ma’lum qilingan edi.

5-aprel, yakshanba kuni, mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 30 nafar bemor sog‘aygani ma’lum qilindi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan ikki kishi vafot etgan. Shuningdek, Nyu-Yorkning Bruklin qismida ikki o‘zbekistonlik — bir erkak hamda bir ayol koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1,3 million kishiga, qurbonlar soni esa 70 ming kishiga yaqinlashgan.

Mavzuga doir: “Karantin noyabr oyigacha davom etadimi?”. Respublika bosh davlat sanitariya inspektori javob berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют