» » Hasan Ruhoniyning asosiy raqibi Eron prezidentligi saylovi uchun nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Hasan Ruhoniyning asosiy raqibi Eron prezidentligi saylovi uchun nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi


Mamlakatdagi konservativ partiyalar ittifoqi sanalgan Eron inqilobiy kuchlari xalqaro fronti vakili Ibrohim Raisiy 19-may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida qatnashish uchun nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Eronning sobiq prokurori, hozirda Mashhad shahridagi Imom Rizo maqbarasi qo‘riqchisi va “Astane Kodse Razaviy” diniy jamg‘armasi rahbari Ibrohim Raisiy Eron rahbari va diniy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiyning yaqin safdoshi sanaladi. Ayni damda Raisiy oyatullohning davomchisi bo‘lish ehtimoli katta nomzod sifatida ko‘riladi.

Musulmon ruhoniylarining 56 yoshli vakili bo‘lgan Raisiy Eron kuch tuzilmalari, xususan, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusida o‘ziga yarasha mavqega ega.

Mahalliy OAV Raisiyni saylovda islohotchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan amaldagi prezident Hasan Ruhoniyga jiddiy raqib bo‘lishini taxmin qilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют