» » Niqob bilan himoyalanishda e’tibor berish kerak bo‘lgan 5 jihat

Niqob bilan himoyalanishda e’tibor berish kerak bo‘lgan 5 jihat


Niqob taqish koronavirusdan himoyalanishda rioya qilinishi kerak bo‘lgan eng asosiy qoidalardan biri hisoblanadi. Niqob ishlatishda nimalarga e’tibor berish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

1. Niqob taqishdan avval qo‘lingizni yuvishni unutmang!

Niqobni taqib ko‘rish uchun qo‘lingizni yuzingizga olib borganingizda virus bilan zararlanish ehtimoli katta bo‘lishini yodda tuting. Iloji boricha niqob bilan yopmoqchi bo‘lgan yuz qismiga qo‘lingizni tekkizmang, aks holda himoyalamoqchi bo‘lgan qismingizga bilmagan holda bakteriya tushishiga sababchi bo‘lasiz.

Mavzuga doir: Niqob qanday foyda beradi? Oddiy video orqali ko‘rsatib berildi

2. Niqob taqqanda uning nafaqat og‘iz va burunni balki iyakni ham yopganiga ishonchingiz komil bo‘lsin! 

Mato burun shilliq qavatini hamda iyakni yaxshilab yopgan bo‘lishi kerak.

3. Nafas olishga qarshilik qilmasligi kerak! 

Niqob taqilgach, nafas olib va chiqarib ko‘ring. Himoya nafas olishingizga qarshilik qilmasligi kerak. Shu bilan birga, agar siz haddan tashqari ko‘p havo chiqayotgani yoki kirayotganini sezsangiz, unda matoni biroz toraytiring.

4. Niqobni qoidaga binoan yeching! 

Eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xato — bu niqobni shartta yuzdan tortib olish. Bunday usul bilan siz virus yuqishiga sharoit yaratgan bo‘lasiz. Niqobni quloqning orqa tomonidagi qismidan, ehtiyotkorlik bilan, ro‘mol va sharflarda ham shu tartibda yechish kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir: Tibbiyot xodimlari niqoblarni to‘g‘ri yechish usulini ko‘rsatib berdi (video)

5. Takror ishlatish mumkin bo‘lgan niqoblarni yuvishni unutmang! 

Agarda siz takror ishlatilishi mumkin bo‘lgan niqobdan foydalanayotgan, ayniqsa, uni taqqaningizda yo‘talgan yoki aksirgan bo‘lsangiz, uni darhol qaynoq suv bilan yuvishni unutmang.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют