» » Janubiy Koreyada bir sutka ichida 50 nafardan kam odamda koronavirus yuqtirib olish holati kuzatildi

Janubiy Koreyada bir sutka ichida 50 nafardan kam odamda koronavirus yuqtirib olish holati kuzatildi


Janubiy Koreyada fevral oxiridan beri bir sutka ichida ilk bor COVID-19 koronavirusini yuqtirib olish bo‘yicha 47 ta yangi holat qayd etildi. Mamlakatda 138 nafar kishi infeksiyadan tuzalgan, kasallanganlarning umumiy soni 10 284 nafarga yetgan, 186 nafar odam kasallik oqibatida vafot etgan. Bu haqda Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligining Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tashkiloti (KCDC) ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Janubiy Koreyada epidemiya boshlanganidan beri so‘nggi bor 20-fevralda 50 nafardan kamroq odamda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan.

Janubiy Koreyada epidemiologik xavf eng yuqori darajaga ko‘tarilgan. Tegu shahri va Kyonsan-Pukto provinsiyasining uchta shahri favqulodda holatning eng yuqori hududlari deb e’lon qilingan. 19-aprelga qadar mamlakat aholisidan zarurat bo‘lmaganda uylarini tark etmaslik, sport, ko‘ngilochar va diniy muassasalarga bormaslik so‘ralgan. O‘quv yili 9-apreldan onlayn rejimida boshlanadi.

KCDC ma’lumotiga ko‘ra, 5-aprel 00:00 holati bo‘yicha 11 ta yangi kasallanish Seulda, yana 8 tasi Kyongido, 13 ta esa Tegu shahrida kuzatilgan, mamlakatning yana boshqa hududlarida jami 16 ta holat qayd etilgan va ularning aksariyatida xorijdan qaytgan fuqarolarda koronavirus borligi aniqlangan.

Bir sutka ichida yana uch nafar odam vafot etgan va o‘lganlar soni 186 tani tashkil qilmoqda. Ularning 129 nafari Teguda, yana 45 kishi Kyonsan-Pukto provinsiyasida, yana 7 nafar fuqaro Kyongido provinsiyasida, uch nafar odam esa Pusanda vafot etgan. Bir nafar odam Ulsanda, yana bir kishi Kanvondo provinsiyasida vafot etgan.

Mavzuga doir: Koreyalik professor O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi

Ortda qolgan sutkalarda 13 nafar odam koronavirusdan tuzalib, kasalxonadan chiqqan, mamlakatda umumiy tuzalganlar soni 6598 nafarga yetgan. 19 295 nafar odamning tahlili ish jarayonida, Janubiy Koreyada jami 437 mingta tahlil koronavirusga test qilingan.

Seulda 563 nafar, Teguda 6781 nafar, Kyonsan-Pukto provinsiyasida 1316 nafar, Kyongido provinsiyasida 580 nafar odam koronavirus bilan kasallangan. Pusandagi koronavirus yuqtirib olgan kishilar soni 122 nafarni tashkil qiladi. Koronavirus yuqtirib olganlar orasida 5 ming nafar odam “Sinchxonchji” diniy tashkiloti a’zolari hisoblanadi. 82,6 foiz holatlarda ommaviy to‘planishlar oqibatida kasallik yuqtirib olish kuzatilgan. Kamida 757 ta holatda kasallik xorijdan kelgan fuqarolarda kuzatilgan.

Mavzuga doir: Tayvan va Koreyaning koronavirusni yengish yo‘lidagi muvaffaqiyati sirlari. Ulardan nima o‘rganish mumkin?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют