» » Video: AQShdagi avtoparkda 3,5 ming avtomobil yonib ketdi

Video: AQShdagi avtoparkda 3,5 ming avtomobil yonib ketdi


Florida shtatining Fort-Mayers aeroporti yaqinidagi karshering mashinalar (qisqa vaqtga ijaraga beriladigan avto) joylashgan avtoparkda yong‘in chiqdi. Mahalliy o‘t o‘chirish xizmatining hisoblashicha, yong‘in oqibatida 3,5 ming avtomobil yonib ketgan, deb xabar berdi CNN.

O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib kelganida olov olti gektar yerga tarqalib, bir necha o‘nlab avtomobillarga zarar yetkazib ulgurgan. “Olov tezlik bilan tarqalib, bir necha yuz avtomobil yonib ketganidan so‘ng ularni sanamay qo‘ydik”, — deydi o‘t o‘chiruvchilardan biri.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda yong‘in nima sababdan yuzaga kelgani aniqlanmoqda.

AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi vakilining ma’lum qilishicha, sodir bo‘lgan voqea parvozlarga ta’sir ko‘rsatmagan. Olovni o‘chirish operatsiyasi vaqtida 80 ga yaqin parvoz amalga oshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют