» » Toshkentda guruh bo‘lib harakatlangan “migalka”li Lacetti, Captiva, Spark haydovchilari qamoqqa olinishi mumkin

Toshkentda guruh bo‘lib harakatlangan “migalka”li Lacetti, Captiva, Spark haydovchilari qamoqqa olinishi mumkin


Ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti, Captiva, Spark avtomobillarining Toshkentning Shayxontohur va Olmazor tumanlari ko‘chalarida xavfli tarzda va maxsus tovush va yorug‘lik signallarini ishlatgan holda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Hozirgi karantin va transport vositalari harakati cheklovi sharoitida videorolik tarmoq foydalanuvchilarining noroziliklariga sabab bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB ushbu videoda ask etgan voqea qachon sodir bo‘lgani va barcha haydovchilarni aniqladi.

Aniqlanishicha, ushbu videorolik 21 yoshli avtoelektrik X.Sh. va 23 yoshli videomontajchi M.M. tomonidan joylangan. Suhbat davomida aniqlanishicha, rolik 2020-yilning 23-fevral kuni Kichik halqa avtomobil yo‘lida, General Uzoqov va Shifokorlar ko‘chasida yuqoridagi elektrikning xizmatini reklama qilish maqsadida olingan, avtomobillar esa uning tanishlariga tegishli bo‘lgan.

Dastlab videorolik X.Sh. tomonidan 1-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarga joylangan, 5-aprel kuni esa nusxalangan.

Qayd etilishicha, Lacetti 32 yoshli Z.N.ga tegishli bo‘lib, u mashinani yuqoridagi videomontajchi M.M.dan 19-mart kuni (video suratga olingandan so‘ng) xarid qilgan. Captiva 24 yoshli qashqadaryolik T.Sh.ga, Spark esa 24 yoshli A.U.ga tegishliligi aniqlangan. Ular yorug‘lik va tovush moslamalarini noqonuniy tarzda o‘rnatgan, shuningdek, transport vositalarida guruh bo‘lib harakatlanib, bu bilan yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solgan.

Qoidabuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127 moddasi (Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish qoidalarini buzish) hamda 183-moddasi (Mayda bezorilik) bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ushbu moddada bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosi belgilangan.

Xabarda aytilishicha, avtomobillar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga muvofiq jarima maydonchasiga joylanadi. Hozirda tekshiruv ishlari davom ettirilib, qoidabuzarlarga nisbatan Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan ma’muriy qamoq qo‘llash masalasi hal qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют