» » Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 70 ming kishidan oshdi

Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 70 ming kishidan oshdi


Butun dunyoda koronavirus pandemiyasidan vafot etganlar soni 70 ming kishidan oshdi. Vafot etganlarning ko‘pchiligini yevropaliklar tashkil etadi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni esa 1 286 000 kishiga yetgan.

Kasallikdan vafot etganlar soni bo‘yicha 15,8 ming kishi bilan Italiya yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda 13 ming nafar qurbon bilan Ispaniya ketmoqda. AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 9,6 ming kishiga yetgan bo‘lsa, Fransiyada bu ko‘rsatkich 8 ming kishiga yetgan. Buyuk Britaniyada pandemiya 4,9 ming kishining umriga zomin bo‘lgan.

The Guardian’ning yozishicha, so‘nggi kunlarda Yevropa mamlakatlarida koronavirus sababli yuzaga kelayotgan o‘limlar soni kamaymoqda. So‘nggi bir sutkada Italiyada 525 ta o‘lim qayd etilgan — bu so‘nggi ikki haftadagi eng kam sutkalik ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, Fransiyada ham so‘nggi sutkada o‘lim bilan bog‘liq haftadagi eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. Ispaniya rasmiylari qayd etilgan o‘limlar soni uch kundan buyon kamayayotganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, o‘limlar soni kamayishi Osiyoda ham qayd etilmoqda. Xususan, Janubiy Koreyada so‘nggi bir sutkada 55 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, u 29-fevraldan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Xitoyda bir sutkada 39 ta yangi kasallanish holati hamda bitta o‘lim qayd etilgan.

AQShda esa o‘lim darajasi yuqori darajada qolmoqda. Avvalroq Oq uy ekspertlari eng yomon holatda kasallik 2,2 million kishining umriga zomin bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Ekspertlarning ehtimolga yaqin bo‘lgan taxminlari esa 100-240 ming kishi halok bo‘lishini ko‘rsatmoqda.

Mavzuga doir: Tramp AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 ming kishidan kamroq bo‘lishiga umid qilishini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют