» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 629 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 629 kishiga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 629 nafarga yetdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kasallanganlar soni bo‘yicha Nur-Sulton shahri yetakchilik qilmoqda, shaharda 219 nafar bemor qayd etilgan. Olmaota shahrida esa kasallanganlar soni 116 kishiga yetgan. Keyingi o‘rindan esa Qarag‘anda viloyati (48 nafar bemor) joy olgan.

Shuningdek, Oqmola viloyatida 42 kishi, Atirou viloyatida 29 kishi, Jambil viloyatida 35 kishi, Chimkentda 14 kishi, Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 6 kishi koronavirus yuqtirgani aniqlangan. Bundan tashqari, koronavirusga chalinganlar Olmaota viloyatida 10 kishini, Aqto‘be viloyatida 11 kishini, Shimoliy Qozog‘iston viloyatida 29 kishini, Pavlador viloyatida 1 kishini, Mang‘istov viloyatida 5 kishini, Qizilo‘rda viloyatida 37 kishini, G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 2 kishini, Turkiston viloyatida 28 kishini va Kostanay viloyatida 1 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida ikki nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют