» » Rossiyada COVID-19 dan o‘lganlar soni 50 nafardan oshdi

Rossiyada COVID-19 dan o‘lganlar soni 50 nafardan oshdi


COVID-19 koronavirusi keltirib chiqargan kasallik oqibatida vafot etganlar soni 50 nafardan oshib ketdi. Bu haqda infeksiyaga qarshi kurashish tezkor federal shtabiga tayanib, “RBK” xabar qilgan.

6-aprel tonggi holatiga ko‘ra, koronavirusdan vafot etganlar soni 47 nafarni tashkil qilgan. Ammo keyinchalik Moskva viloyati hukumati bir sutka ichida koronavirus bilan kasallangan 7 nafar bemorning vafot etgani haqida xabar qildi.

Shuningdek, Buryatiya hokimligi koronavirusga topshirgan tahlili ijobiy natija ko‘rsatgan 73 yoshli bemor ayolning vafot etganini tasdiqlagan.

“Ming afsuski, bizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlardan biri vafot etdi. Bu birinchi o‘lim holati. Ikkiyoqlama pnevmoniya 2-tipdagi qandli diabet, arterial gipertoniya, avval kuzatilgan insult bemorni hayotdan olib ketdi”, — deyiladi Buryatiya hokimligining axborotida.

Irkutsk viloyatida ham bir nafar bemorning koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan kasallik oqibatida vafot etgani xabar qilingan.

“Bugun viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasida rasman koronavirusga chalingani ma’lum qilingan bemor vafot etdi. Erkak 62 yoshda edi. 6-aprel soat 14:00 holatiga ko‘ra, Irkutsk viloyatida koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 13 ta holat ro‘yxatga olingan, bir nafar bemorning tahlillarida shubha mavjud, yana to‘rt nafar bemordagi shubhali natijalarda tashxis o‘z tasdig‘ini topmagan”, — deyiladi Irkutsk viloyati hokimligining xabarida.

Mavzuga doir: 

Moskva shahri meriyasi kasallanganlarning yarmi 45 yoshdan kichik ekanini, o‘lim holati yoshlar qatlamida ham kuzatilganini ma’lum qilgan.

“Kasallik yoshga qaramaydi. Shaharda kasallanganlarning 50 foizi 45 yosh va undan kichik odamlar. Afsuski, bugungi kunda vafot etganlar orasida yoshlar ham bor. Ha, ular asosan surunkali kasalliklari bo‘lgan kishilar, biroq nima bo‘lganda ham ular nisbatan yosh ekanini qayd etish lozim. Bittasi 39 da, boshqasi 34 yoshda edi. Bu insonni mushohadaga chorlaydi”, — deya poytaxt meri o‘rinbosari Anastasiya Rakovaning so‘zlarini keltirgan “TASS”.

Mavzuga doir: 

Federal shtab mamlakatda koronavirus bo‘yicha rekordlar yangilangani — bir sutka ichida 954 ta kasallanish holati qayd etilgani, umumiy kasallanganlar soni esa 6,3 ming nafarga yetganini xabar qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют