» » Hashamatli 4 shaxsiy samolyot. Ular orasida Alisher Usmonovning “Burhon”i ham bor (foto)

Hashamatli 4 shaxsiy samolyot. Ular orasida Alisher Usmonovning “Burhon”i ham bor (foto)


Mport nashri dunyodagi eng hashamatli shaxsiy samolyotlar borasidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Ular orasidan asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovning “Burhon”i ham o‘rin olgan.

Boeing 747-8

Uzaytirilgan fyuzelyajga ega ushbu Boeing Yaqin Sharq mamlakatlaridan birining rahbariga tegishli. To‘rt motorli ikki palubali avialayner ichi — haqiqiy saroy. U yerda hashamatli yotoqxona, ulkan oshxona va taniqli bosh oshpaz, chill-out zonasi, kabinet, anjuman zali va mehmonlar uchun maxsus yotoqxona mavjud.

Bularning barchasiga tilla bilan ishlov berilgan. 600 kishini sig‘dira oladigan 448 tonnali samolyot bir necha o‘n kishi uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning konsturksiyasiga 400 million funt sterling sarflangan.

Airbus A380 Custom

Ushbu samolyot haqida bilish kerak bo‘lgan dastlabki narsa — unda ikkita Rolls-Royce sig‘adigan garaj, konsert zali, otxona va qirg‘iylar uchun maxsus xona borligi. Mazkur samolyot Saudiya Arabistonining amaldagi podshohining jiyani shahzoda Al-Valid bin Talyalga tegishli.

To‘rtta turboventilayatorli motorga ega uchar saroyning balandligi 24, uzunligi 73 metrga teng bo‘lib, marmar hammom, ulkan yotoqxona, taxt zali va sport spa-markaziga ega. Shahzoda ushbu samolyotni 2016-yilda 488 million dollarga sotib olgan.

Airbus A340-300 Custom

Agarda siz milliarder Alisher Usmonov bo‘lsangiz, oddiy biznes-klassda uchish yaramaydi. Ulkan shaxsiy samolyot kerak, masalan, 220 million dollarlik Airbus A340. Mazkur samolyot jigarrangga bo‘yalib, unga milliarderning otasining ismi — Burhon — berilgan.

Boshqa qimmatbaho samolyotlardan farqli o‘laroq, “Burhon” yangiligida sotib olingan va bir marta havoga ko‘tarilish orqali 14 ming kilometr uzoqlikka ucha oladi.

Boeing 747-430

Mazkur samolyotni Bruney sultoni Hassanal Bolkiax Lufthansa’dan 100 million dollar evaziga xarid qilgan. Sulton samolyot ichini to‘ldirish uchun yana shuncha mablag‘ sarflagan.

Mavzuga doir: Dunyo prezidentlarining 20 ta eng qimmatbaho samolyoti (fotogalereya)

Bu yerda toza oltindan ishlangan rakovina, fransuz qandillari, tabiiy charm qoplamali va zarhal yog‘ochdan yasalgan shponlar mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют