» » Samsung loviya ko‘rinishidagi simsiz naushnik yaratdi

Samsung loviya ko‘rinishidagi simsiz naushnik yaratdi


Taniqli insayder Roland Kvandt Galaxy Buds’ning Bean (“loviya”) nomi ostidagi yangi dizayni bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Bu kabi nom naushniklarga uning shakli sabab berilgan — ular rostdan ham loviyaga o‘xshaydi. Naushniklar korpusi quloq chig‘anog‘i shaklida bo‘lib, u quloqqa to‘liq joylashadi. Uni taqqan holda uxlash ham mumkin, bunda foydalanuvchi noqulaylik sezmaydi.

Shu bilan birga, naushniklar ochiq shaklga ega — ularning silikonli uch qismi yo‘q bo‘lib, kanalni butkul yopadi. Quloqda ishonchli turishi, masalan, mashg‘ulotlar paytida tushib ketish yoki ketmasligi noma’lum. Shuningdek, bu turdagi naushniklar bir marta quvvatlanish orqali qancha vaqt ishlay olishi ham aniq emas. Insayderning ta’kidlashicha, korpusning uzunligi 2,5 santimetrga teng bo‘lib, akkumulyator uchun juda kam joy qolgan.

Mavzuga doir: Xiaomi simsiz Air 2S naushniklarini taqdim etdi. U bir marta quvvatlanish orqali 24 soat ishlay oladi

Manbaga ishoniladigan bo‘lsa, Samsung ushbu naushniklarni yaratishning final bosqichida turibdi — kompaniya uning dizayniga biroz qo‘shimcha kiritishi mumkin, biroq jiddiy o‘zgarish bo‘lmaydi. Roland Kvandtning taxminlariga ko‘ra, loviya ko‘rinishidagi yangi Galaxy Buds yoz oyida Galaxy Note20 bilan taqdim etilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют