» » Kanchelskis: O‘zbekistonda niqobsiz ko‘chaga chiqib bo‘lmaydi. Jarima bir oylik maoshga teng

Kanchelskis: O‘zbekistonda niqobsiz ko‘chaga chiqib bo‘lmaydi. Jarima bir oylik maoshga teng


“Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis O‘zbekistondagi karantin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Kasallanganlar soni asta sekin ortib bormoqda. Bu yerda (O‘zbekistonda) hammasi kuchli nazorat ostida.

O‘n kun avval ko‘chaga niqobsiz chiqqanlik uchun jarima joriy qilindi. Qanday jarima? Bitta oylik. Agar qoidabuzarlik qaytarilsa, jarima miqdori ham oshib boradi.

Karantinda o‘tiribmiz, uy sharoitida formani ushlab turishga harakat qilyapmiz. Legionerlar bazada, tennisbol o‘ynab turishga chiqishadi.

Namanganda 20-aprelga qadar karantin joriy etilgan. Agar kasallar soni ortsa, karantin muddati yana ko‘payadi.

Zaruriyat bo‘lib qolsa ko‘chaga chiqish mumkin, biroq tibbiy niqob va qo‘lqop taqqan holda. Bu yerda hech kim qayerga ketayotganing va nima uchun chiqqaningni so‘ramaydi. Asosiysi, niqob bo‘lsa bas, qolgani muhim emas.

Ko‘chada xalq kamaygani yaqqol bilindi. Shahardan viloyatga chiqish yo‘li yopiq, bu kuchli nazorat qilinmoqda. Do‘konlarda oziq-ovqat yetarli, bozorlar ochiq. Bu borada muammo yo‘q. Ajiotaj va sarosima bo‘lmadi, Rossiyadagi kabi hech kim barcha grechkani sotib olmadi. Hamma keyinchalik nima bo‘lishini kutmoqda.

Shu sabab butun dunyo kabi biz ham uyda o‘tiribmiz, Belarus chempionatini kuzatyapmiz. Bu hech narsadan ko‘ra yaxshiroq. Takroriy namoyish etilayotgan o‘yinlarni allaqachon yoddan bilamiz. Bu esa yangi. Shu tufayli qiziqish bilan kuzatyapman, yoqish-yoqmasligi esa ikkinchi o‘rindagi masala. Muhimi takror emas jonli ekani. O‘yinlar yomon bo‘lmayapti.

Uyga qaytishga urinib ko‘rdimmi? Albatta, Rossiyaga ketishni xohladim. Biroq shu yerda qolishga, jamoa va legionerlarni qo‘llab quvvatlab turishga qaror qildim. Qolish qarori to‘g‘ri bo‘ldi deb hisoblayman”, — deydi Kanchelskis.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 397 nafarga yetdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют