» » Amerikalik xonanda Mayli Sayrus va uning turmush o‘rtog‘i shifokorlarga bepul tushlik tarqatdi

Amerikalik xonanda Mayli Sayrus va uning turmush o‘rtog‘i shifokorlarga bepul tushlik tarqatdi


Amerikalik qo‘shiqchi Mayli Sayrus va uning turmush o‘rtog‘i Kodi Simpson 5-aprel, yakshanba kuni, Los-Anjelesdagi shifoxonalarning biridagi tibbiyot xodimlariga bepul tushlik tarqatdi. Bu haqda Kodi Simpson o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yulduzlar shifokorlarning fidokorona faoliyatiga minnatdorchilik sifatida “Ko‘magingiz uchun rahmat, kuchli bo‘lib qoling”, deb yozilgan 120 o‘ram taomlarni shaxsan o‘zi topshirgan.

View this post on Instagram

Tacos for the incredible healthcare workers at our local hospital! So grateful for these true legends of our time dedicating their lives to battling this pandemic. Show some love to yours in your community!

A post shared by Cody Simpson (@codysimpson) on

“Mahalliy shifoxona shifokorlari uchun tako (meksika oshxonasi taomi)! Shifokorlar — o‘z hayotini pandemiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlagan zamonamiz qahramonlari. Buning uchun ulardan cheksiz minnatdormiz ”, — deb yozib qoldirgan Kodi Instagram’dagi sahifasida.

Koronavirusga qarshi kurashda tibbiyot xodimlari jonbozlik ko‘rsatayotgani butun dunyoda e’tirof etilmoqda. Davlat rahbarlari, qirol oilasi vakillari va mashhurlar tibbiyot xodimlarining bunday vaziyatdagi jasoratini olqishlamoqda.

Mavzuga doir:

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют