» » Koronavirusga chalingan 14 yoshli qashqadaryolikning yana bir opasi va ukasida ham xastalik aniqlandi

Koronavirusga chalingan 14 yoshli qashqadaryolikning yana bir opasi va ukasida ham xastalik aniqlandi


Qashqadaryoda koronavirus yuqtirib olgan 14 yoshli chiroqchilik bemorning yana bir opasi va ukasida ham xastalik aniqlandi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ayni paytda viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar 6 nafarga yetgan. Ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir darajada.

Viloyatda dastlab chiroqchilik 14 yoshli o‘smir mazkur infeksiyani poytaxtda yashaydigan qarindoshidan yuqtirib olgandi. So‘ng uning 36 yoshli otasi va 16 yoshli opasida ham xastalik aniqlandi va ular yashagan qishloq karantinga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, keyingi ikki bemor ham 14 yoshli bemorning 17 yoshli opasi va 8 yoshli ukasi. 56 yoshli oltinchi bemor esa Chiroqchi tumanining boshqa qishlog‘idan, u Toshkentdagi firmada ishlagan.

Aniqlanishicha, viloyatda dastlab 4872 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 3338 nafari epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lmagan davlatlardan kelgan. 125 nafari esa xorijlik fuqarolar bo‘lgan. 437 nafar fuqaro karantin muddatini o‘tab, sog‘lomligi aniqlangach, yashash manziliga jo‘natilgan.

Viloyat bo‘yicha 1765 nafar fuqaro koronavirusga shubha qilinib, uy sharoitidagi karantinga olingan. 328 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinda saqlanmoqda.

Ta’kidlash lozim, ayni kunda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 397 nafarni tashkil etmoqda. Shu kungacha 30 nafar bemor sog‘aydi. Ikki kishi vafot etdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют