» » Qashqadaryoda tuya so‘yilib, aholiga ehson qilindi

Qashqadaryoda tuya so‘yilib, aholiga ehson qilindi


Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida tuya so‘yilib, aholiga ehson tariqasida tarqatildi. Bu haqda “Daryo”ga Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Azizbek Yazdurdiyev ma’lum qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ehson tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev hamda viloyat hokimligi vakili Rashid Muhammadiyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan bo‘lib, karantin paytida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qilingan.

Tuman hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, tumanda aholining go‘shtga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qora mol ham so‘yilib, qo‘shimcha 450 kilo go‘sht tibbiyot xodimlariga bepul tarqatilgan.

“Karantin paytida aholining go‘sht va sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va nochor oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi jamoasi tinimsiz harakat qilmoqda”, — deydi Azizbek Yazdurdiyev.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda karantin vaqtida kartoshka va un narxi oshishi kuzatildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют